О‘SIMLIKLAR GENETIK RESURSLARIILMIY-TADQIQOT INSTITUTI

  • О‘simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti 1924 yilda N.I.Vavilov boshchiligida tashkil etilgan bо‘lib, Markaziy Osiyoda qishloq xо‘jalik ekinlarining genofondi yig‘ilgan
    yirik ilmiy tashkilotdir.
  • Institutda 100 hil qishloq xо‘jalik ekinlarining 43 mingdan ziyod dunyoviy kolleksiya namunalari yig‘ilgan.
  • Ushbu о‘simliklarning boy, milliy genetik jamg‘armasi kelajakda yangi, istiqbolli navlarni yaratish hamda kelajak avlod uchun oziq ovqat muammolarini hal etishda muxim rol о‘ynaydi.
    blank

    О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 13 maydagi VMQ-282-sonli qaroriga asosan О‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti negizida О‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi hamda institutdagi mavjud Genbank milliy ahamiyatga ega deb tan olinib, unga «Qishloq xо‘jaligi ekinlari genetik resurslari Milliy Genbanki» maqomini berildi.

    Institut Markaziy Osiyoda qishloq xо‘jalik ekinlarining yirik dunyoviy kolleksiyalari saqlanayotgan yagona ilmiy tashkilot hisoblanadi.

    1927- Butunittifoq о‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining
    О
    ‘rta Osiyo stansiyasiga aylantirildi.

    1979- Butunittifok о‘simlikshunoslik ilmiy–tadqiqot institutining
    О
    ‘rta Osiyo filialiga aylantirildi.

    1991- О‘zbekiston о‘simlikshunoslik ilmiy–tadqiqot instituti.

    1992- Institutning Andijon tajriba stansiyasi tashkil etildi.

    1994- Institutning Surxandaryo tajriba stansiyasi tashkil etildi.

    2003- О‘zbekiston о‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti Qishloq xо‘jaligi ekinlari genetik resurslari Genbanki tashkil etildi.

    2020- О‘simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot institutiga aylantirildi.

    2020- Institutning Qishloq xо‘jaligi ekinlari genetik resurslari
    Milliy Genbankiga milliy maqom berildi.

    2021- Institutning Moyli va tolali ekinlar ilmiy tajriba stansiyasi tashkil etildi.

    • Qishloq xо‘jalik о‘simliklarining genetik resurslarini yig‘ish va introduksiya etish.
    • Introduksiya etilgan materiallarni karantin kо‘rigidan о‘tkazish.
    • О‘simliklar genofondini kafolatli saqlash.
    • Har tomonlama о‘rganish asosida ajratib olingan birlamchi manbalar va asosiy xо‘jalik belgilari bо‘yicha donorlarni seleksiya maskanlariga uzatish.
    • Xududimiz uchun noan’anaviy bо‘lgan va dorivor ekinlarni ishlab chiqarishga joriy qilish.
    blank

    1965 yilda tashkil etilgan О‘rta Osiyo mintaqasini ekspeditsiyalar orqali tadqiq etish bо‘yicha institutda respublika va uning chegaraorti xududlarida о‘simliklar genofondini boyitish maqsadida yо‘naltirilgan ekspeditsiyalar uyushtirilmoqda.

    Respublikamizning Milliy genofondi turli hil qishloq xо‘jalik ekinlarining yovvoyi turlari, davr talabiga mos, istiqbolli yangi nav, tizim va populyatsiyalari bilan boyitib borilmoqda.

    Dunyoning yirik о‘simliklar genofondini saqlovchi tashkilotlari bilan germaplazmani yozdirib olish va ariboshlash yо‘li bilan mavjud genofond boyitilmoqda

    Respublikamiz xududiga turli karantin kasallik va zararkunandalarni kirib kelishini oldini olish maqsadida introduksiya qilingan turli qishloq xо‘jalik ekinlarining namunalari fitopatologik, entomologik tekshiruvi va asosiy xо‘jalik belgilari bо‘yicha birlamchi baholashdan о‘tkaziladi.

    Tekshiruvdan о‘tkazilgan barcha namunalar о‘simliklarning genetik resurslari bilan ishlovchi bо‘lim va laboratoriyalarga keyingi izlanishlar uchun beriladi.

    blank
    • Institutning dunyoviy genofondida 21969- donli, 11068- texnik, 5755- sabzavot-poliz, 2985- meva ekinlari namunalari saqlanib kelinmoqda.
    • Bu kolleksiyalar tarkibida dunyoning kо‘pgina mamlakatlardan keltirilgan noyob, yо‘qolib borayotgan shakllar, qadimgi maxalliy navlar, madaniy о‘simliklarning yovvoyi avlodlari namunalari mavjud
    • Bir yillik qishloq xо‘jalik ekinlari kolleksiya namunalari urug‘i Milliy Urug‘ Genbankida
      о
      ‘rta muddat sharoitida saqlanmoqda.
    • Vegetativ kо‘payuvchi ekinlar namunalari joli holda Dala Genbankida saqlanmokda.
    blank

    Milliy Genbank ilmiy majmua bо‘lib,
    jami 450 m2 maydonga ega bо‘lib, kolleksiya namunalari urug‘lari saqlash muhiti boshqariladigan sharoitda (havo xarorati +40S, namligi
    25%) о‘rta muddatda saqlash usulida
    (15-20 yil qayta ekmasdan) kelajak avlod uchun kafolatli ravishda saqlanmoqda.

    Xozirgi kunda Milliy Genbankda 63 xil qishloq xо‘jaligi ekinlarning  34 557 namunasi о‘rta muddatda saqlanmoqda, shu jumladan: donli ekinlar- 18 878 namuna, texnik ekinlar-
    12 860 namuna, sabzavot va poliz ekinlar-
    3 419 namunalarni tashkil etadi

    Institut Dala Genbanki

    Meva-rezavor va uzumning ushbu kolleksiyasi asosida respublikamizning turli iqlim sharoitlariga mos bо‘lgan juda kо‘plab navlar yaratilgan va hozirgi davrda seleksiya uchun boshlang‘ich manbalarning asosi bо‘lib xizmat qilmoqda.

    Institutning Dala Genbankida meva-rezavor ekinlar va uzumning dunyoviy genofondi jami 2509 namunani tashkil etib, olmaning (Malus Mill.)-140 namunasi, nokning (Pyrus L.)- 329 namunasi, behining
    (Cydonia Mill.)- 90 namunasi; olxо‘rining (Prunus Mill.)- 150 namunasi va uzumning (Vitis L.)- 1800 namunalari 56,6 ga maydonida jonli holda saqlanmoqda.

    blank

    Surxandaryo ilmiy tajriba stansiyasi
    Dala Genbanki

    • Stansiyada mevali ekinlar va uzumning jami 1680 dan ziyod kolleksiya namunalari, shu jumladan: olmaning (Malus Mill.)- 148 namunasi, о‘rikning (Armeniaca Mill.)- 276 namunasi, shaftolining (Persica L.)- 48 namunasi, olxо‘rining (Prunus Mill.)- 48 namunasi, gilosning (Cerasus avium (L.) Moench)-
      8 namunasi, anorning (Punica L.)- 44 namunasi, bodomning (Amygdalus L.)- 81 namunasi va uzumning (Vitis L.)- 1035 namunalari jonli holda 25,0 ga yer maydonida saqlanmoqda.
    • Stansiyasidagi bodom, anor va о‘rik kolleksiyalari Markaziy Osiyoda eng yirik hisoblanib, asosiy qismini seleksiyada katta axamiyatga ega bо‘lgan maxalliy navlar va shakllar tashkil etadi.
    • Qishloq xо‘jaligi ekinlari dunyoviy genofondi respublikaning Milliy boyligi bо‘lib, mintaqamiz uchun fundamental (nazariy) va amaliy izlanishlarning asosi hisoblanadi, xozirgi va kelajak avlodlari uchun oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlovchi asosiy omil bо‘lib xizmat qiladi.
    • Qishloq xо‘jalik ekinlari Milliy genofondining morfologik belgilari va biologik xususiyatlari, ularning biokimyoviy, fiziologik kо‘rsatkichlari hamda texnologik sifatlari о‘rganilmoqda.
    • Kompleks о‘rganish asosida qimmatli xо‘jalik belgilari bо‘yicha ajratib olingan birlamchi manbalar yangi navlar yaratish uchun seleksiya maskanlari ta’minlanmoqda.

    Turli yillarda 300 dan ortiq g‘alla, meva va sabzavot ekinlari navlari rayonlashtirilgan.

    Hozirgi kunda respublika Davlat reyestriga 33 xil ekinlarning 87 navi kiritilgan, shundan: donli- 5 ta, dukkakli-don- 13 ta, moyli- 9 ta, sabzavot- 22 ta, poliz- 17 ta, meva-rezavor ekinlar va uzum- 20 ta, no’ananaviy ekinlar- 2 ta nav.

    Sо‘nggi yillar davomida 4 patent olindi va 7 hil ekin turinig 12 ta navi qishloq xо‘jalik ishlab chiqarishga rayonlashtirildi.

    Genofond bо‘yicha olib borilgan izlanish natijalari institut maqolalar tо‘plami, monografiya, kataloglar, ma’lumotnomalar, fan nomzodligi va doktorlik dissertatsiya ishlarida yoritilgan xamda uslubiy qо‘llanmalar tayyorlashda ishlatilmoqda.

    blank
    • Institutda olib borilayotgan izlanishlar О‘zbekiston tomonidan imzolangan о‘simliklar genetik resurslari bо‘yicha halqaro xujjatlarga («Biologik xilma-xillik tо‘g‘risidagi Konvensiya» va
      «Global Reja») muvofiq ravishda amalga oshirilib borilmoqda.
    • Turli mamlakat olimlari bilan har hil yо‘nalishlarda ilmiy aloqalar mavjud.
    • Halkaro tashkilot va yetakchi genbanklar bilan hamkorlik amalga oshirilmoqda.

    Прокрутить вверх