Zaytun ko’chatlari o’simlik urug’laridan, qalamchalaridan, bachkilari va payvandlash yo’li bilan ko’paytiriladi. Ekishga ajratilgan mevalarning eti va mag’zi qushlarga yediriladi yoki suvga ivitib qo’yilib, keyin urug’i ajratib olinadi. Qushlar cho’qib tashlab ketgan mevalardan ko’kargan novdalari baquvvat bo’lib o’sadi.

Ildizlari juda juda ko’p bachki beradi, ularni alohida ajratib ko’chatzorlarga ekiladi. Urug’lari tuproqqa ekilganda juda kech unib chiqadi. Shuning uchun ularni namli qumlarda ekib ko’kartirib, keyin ko’chatzorga ekish lozim. Novdalaridan 20-25 sm qalamchalar tayyorlab, ular orqali ham ko’paytiriladi. Payvand qilish usuli eng yaxshi natija beradi, hosilga kirish tezlashadi va to’rtinchi yili hosil beradi.
Hozirgi kunda O’simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo tajriba stansiyasida zaytun bog’i barpo etilmoqda.

