О‘rta Osiyoning tarixiy, tuproq-iqlim sharoitlari, geografik, gidrologik xususiyatlari dexqonchilik tizimi hamda uning rivojlanishiga, о‘simlik tur va navnamunalarining tarqalishi dunyoning kо‘plab olimlarini о‘ziga jalb etgan. О‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab, Rossiya geografik jamiyatining a’zolari P.P.Semenov-Tyan-Shanskiy, N.A.Seversev, A.P.Fedchenko, V.F.Oshanin, A.N.Krasnov, I.V.Mushketov, N.M.Prjevalskiylar tomonidan О‘rta Osiyo tabiiy-iqlim sharoiti va turli xil о‘simliklarnng yovvoyi ajdodlari о‘rganilgan bо‘lsa, qishloq xо‘jalik ekinlari bо‘yicha birinchi ma’lumotlar 1841 yil Buxoro, Samarqand va Zarafshon voxasi, Panjikentdan Fandaryo past tekisligigacha bо‘lgan xududni tadqiq etgan A.Leman va botaniklar F.Baziner, A.E.Regel, V.F.Lipskiy, B.A.Fedchenko, S.I.Korjinskiy, N.K.Vasilyevlarning tadqiqotlarida tanishish mumkin.
1900 yildan boshlab Rossiya Amaliy Botanika Byurosi tomonidan О‘rta Osiyo-ga doimiy va rejali ravishda ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish orqali arpa va boshqa ekin turlarini о‘rganish ishlari amalga oshirilgan.
1916 yildan boshlab, О‘rta Osiyoga N.I.Vavilovning taniqli ilmiy ekspedi-siyalari amalga oshirilib, Kavkazorti, Eron, Karategin, Darvoz Badaxshon, Kо‘lob, Termez va Toshkent vilyatlari xududlari tadqiq etilib, yig‘ib kelingan о‘simlik turlarining urug‘lari 1917 yili Kattaqо‘rg‘ondagi Zarafshon tajriba stansi-yasida ekilib, о‘rganilgan.
N.I.Vavilov о‘zining birinchi ekspeditsiyasidan sо‘ng, О‘rta Osiyoni о‘simliklar madaniy turlarining kelib chiqish markazlaridan biri ekanligiga ishonch xosil qildi va ushbu xududdagi maxalliy qadimdan foydalanib kelinayotgan (xalq seleksiyasi) о‘simlik turlarining nav va namunalarini qishloq xо‘jalik ishlab chiqarishga tо‘g‘ridan tо‘g‘ri tadbiq etish hamda seleksiyada foydalanishga katta etibor qaratdi.
N.I.Vavilov ushbu ekspeditsiyalar vaqtida asosan tog‘ va tog‘oldi xududlariga e’tibor qaratdi, chunki bu xududlarning qishloq xо‘jaligidagi о‘rni e’tiborga molik darajada bо‘lmaganligi bilan bir qatorda о‘zining maxsus sharoitlari va xususiyatlariga kо‘ra о‘simliklarning kо‘plab turlarini saqlanib qolishiga hamda о‘ziga xos tabiiy laboratoriya shaklida minglab yillar davomida tabiiy va sun’iy tanlanish asosida aloxida endemik shakllar xilma xilligini vujudga keltirganiga guvox bо‘ldi. 1920 yil Amaliy Botanika Byurosining boshlig‘i vazifasida ishlayotgan N.I.Vavilov, byuroning asosiy vazifasi sifatida О‘rta Osiyo xududlarini tо‘la tadqiq etish bilan birga shu xuddudda byuroning tajriba stansiyasini shakllantirishga qaratadi. 1924 yil iyun oyida N.I.Vavilov Toshkentda bо‘lgan vaqtida maxalliy raxbariyat bilan kelishgan holda byuroning О‘rta Osiyo bо‘limi, Zominsoy daryosi voxasidagi Skvarskiy nomli yer maydonida tashkil etildi. Bо‘limga raxbar sifatida K.I.Pangalo saylandi. Keyinchalik bо‘limga A.K.Golbek, M.F.Pereskokovlar raxbarlik qildilar. Miron Fillipovich Pereskokov bо‘limga raxbarlik qilgan vaqtda (1927-1930) stansiyaning asosiy binosi qurildi. Xuddi shu davrlarda stansiyada uzumchilik soxasining yetuk о‘zbek seleksioneri Muso Rizamat ota ham о‘z faoliyatlarini boshlagan edi. 1926 yilda chop etilgan «Madaniy о‘simliklarning kelib chiqish markazlari» nomli kitobida N.I.Vavilov shunday deb yozgan: «Janubiy-g‘arbiy Osiyo, Kichik Osiyo, Kavkaz, Shimoliy Amerikaning tog‘li xududlari xozirgi davrgacha madaniy о‘simliklarning navlararo irsiylanish amplitudasini о‘zida saqlash bilan birga juda katta maydonlarga tarqalish imkoniyatlariga ham ega».
Shu davrlarda N.I.Vavilovni past tekislikdagi ayrim izolyatsiyalangan tog‘ va tog‘oldi hamda dexqonchilik oazislarini (Xorazm, Xiva) о‘rganish ham juda katta qiziqish uyg‘otgan. Ushbu past tekislliklarda odam uchun juda zarur bо‘lgan madaniy о‘simliklarning retsessiv genetik shakllarini tanlash ishlari amalga oshirilgan bо‘lib, ularga madaniy о‘simliklarning turlararo xilma-xilikka ega ayrim shakllarigina yig‘ilganligi bilan ajralib turadi. Ushbu xududlarni tadqiq etish orqali 1916 yil botanika fani uchun birinchi marta yumshoq bug‘doyning ligulsiz (yaproq qini tilchasi bо‘lmagan) shakllarini ochdi.
1965 yillarda amalga oshirilgan ilmiy ekspeditsiyalar natijasida ushbu turning barcha 17 xil turi va yana fanga aniq bо‘lmagan 9 turi Tog‘li Badaxshon avtonom viloyati xududidan yig‘ib kelindi. Uning «Babilo» navi Pomir tog‘ining 3300 metr balandligidan ham topilgan. Ekspeditsiya ishtrokchilari N.I.Vavilovning «Madaniy о‘simliklarning kelib chiqish markazlari» asarida bug‘doyning Triticum spelta L. turining О‘rta Osiyoda mavjudligini taxmin qilganligi va K.A.Flyaksberger tomonidan ushbu tur О‘rta Osiyoda uchramaydi degan gepotezasiga aniqlik kiritib, 1969 yilda Tojikistonning Leninobod viloyati Isfara tumanida Triticum spelta L. turinin aloxida ekin turi sifatida dengiz satxidan 1000-1500 m balandlikda yetishtirilayotganligini aniqladilar. Buxoro, Samarqand, Surxandaryo va Turkmanistonning Chordjо‘ viloyatlaridan bug‘doyning yuqori sifatli un beradigan va yopilgan nonlari tez qotib qolmaydigan Triticum turanicum Jakubz. va Qashqadaryo viloyati hamda Toshhovuz viloyatlari xududidan yо‘qolib ketgan deb xisoblangan Triticum compactum Host. turlarini topdilar.
Ushbu ekspeditsiyalardan yig‘ib kelingan namunalarni о‘rganish asosida N.I.Vavilovning madaniy о‘simliklarning kelib chiqish markazlari bо‘yicha yozgan asarini umumlashtiruvchi nazariy bilimlarini yanada mukammallashtirish, mevali ekinlarning yovvoyi turlarining M.G. va G.M.Popovlar, poliz ekinlarining K.I.Pangalo, о‘rikning K.F.Kostina tomonidan ishlab chiqilgan sistematikasini, P.A.Baranov, I.A.Raykova, Y.F.Kats hamda A.M.Negrulning uzum biologiyasi va О‘rta Osiyo ampelografiyasini yaratilishiga asos bо‘ldi. N.I.Vavilovning turli mamlakatlardan yig‘ib kelingan g‘о‘za nav va namunalarini о‘rganish asosida xosildor va yuqori texnologik kо‘tsatgichlarga ega bо‘lgan namunalarini Paxta urug‘chiligi va seleksiyasi stansiyasiga (SoyuzNIXI) berilishi, О‘rta Osiyo va jaxon paxtachiligi soxasida katta о‘zgarish yasadi.
G.S.Zaysev va F.M.Mauer tomonidan ushbu kolleksiyalarni о‘rganish asosida g‘о‘zaning kelib chiqishi, sistematikasi, turlararo chatishtirishlar, poliploidiya, urug‘lanish biologiyasi bо‘yicha tengsiz asarlar yaratildi.
Kolleksiyani sun’iy vilt kasalligi bilan zararlantirish maydonida ularning viltga chidamliligini о‘rganish asosida ajratib olingan namunalarini О‘zbekiston Fanlar Akademiyasiga qarashli О‘simliklar eksperimental biologiyasi institutiga berilishi natijasida viltga chidamli «Toshkent-1», «Toshkent-2», «Toshkent-3», «Toshkent-4», «Tashkent uluchshenniy» va boshqa navlar yaratildi. Stansiya olimlari tomonidan respublikamizda ishlab chiqarishiga birinchi marta 1949 yilda jut va kanop ekinlarining yangi navlari joriy etildi.
1979 yilda stansiya N.I.Vavilov nomidagi Butunittifoq о‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining О‘rta Osiyo filialiga aylantirildi va keyingi yillar davomida filial olimlari tomonidan respublikamizda qishloq xо‘jaligi fanini va ishlab chiqarish soxasini rivojlantirishda nafaqat jaxon kolleksiyasini boyitish, saqlash, о‘rganishdan tashqari turli xil ekinlar sistematikasi, noan’anaviy ekinlarni introduksiyasi, agrobiologik belgilarini о‘rganish, seleksiya jarayoning nazariy asoslarini rivojlantirish uchun g‘о‘zaning turlararo chatishtirishda belgilarni nasldan naslga о‘tish (sitoembriologik), uzoq turlarni chatishtirishdagi (sterillik) nomutannosiblikni poliploidiya asosida amalga oshirish, sabzavot va poliz ekinlarida geterozis xodisasidan foydalanishda yangi uslubiy qо‘llanmalar ishlab chiqish bо‘yicha ilmiy izlanishlar olib borildi.
Rayonlashtirilgan kо‘plab ekin turlarining navlari xozirgi davrgacha о‘zining yuqori maxsuldorligi, sifat kо‘rsatgichlari bilan davlat reyestridagi о‘z о‘rnini saqlab kelmoqda va ishlab chiqarishda keng maydonlarda ekilmoqda.
Filialda beshta bо‘lim va 2 laboratorida 100 ilmiy xodim (21 fan nomzodlari) ilmiy izlanishlar olib borishi natijasida 120 xil ekinlarning 82 mingga yaqin namunalari karantin kо‘rigidan о‘tkazilib, birlamchi baxolandi, boshoqli, dukakli don, makkajо‘xori va yorma, texnik, moyli, yangi, sabzavot va poliz, meva-rezavor hamda uzumning 700 dan ortiq navlari yaratilib, 200 dan ortig‘i rayonlashtirildi, kо‘plab ilmiy maqolalar chop etildi va olingan natijalar asosida doktorlik va fan nomzodlik dissertatsiyalari yoqlandi. Filial 1974 yilning 5 iyulida qishloq xо‘jaligini rivojlantirishdagi hamda seleksiya va urug‘chilik soxasida erishilgan yutuqlari uchun institut «Mexnat qizil bayroq» ordeni bilan mukofotlandi.
1992 yilda О‘zbekiston Respublikasining mustaqqilligi e’lon qilingandan sо‘ng N.I.Vavilov nomidagi Butunittifoq о‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining (VIR) О‘rta Osiyo filiali О‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutiga aylantirildi. Bu ilmiy dargoh о‘zining an’anaviy izlanishlariga sodiq qolgan holda hozirgi kungacha о‘simliklar genetik resurslarini boyitish, saqlash va seleksiya maskanlarini birlamchi manbalar bilan ta’minlash ishlarini davom ettirmoqda. Mustaqqillik yillarining boshlaridayoq institutda 102 xil qishloq xо‘jalik ekinlarining 50 mingga yaqin namunalari yig‘ilgan bо‘lsada, ular ishchi kolleksiya holida oddiy xona sharoitida qog‘oz paketlar va temir yashikchalarda saqlanib kelinmoqda edi.
Sobiq Ittifoq tizimi barham topgan dastlabki yillarda boshqa hamdо‘stlik davlatlar qatorida О‘zbekistonda, shu jumladan О‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutida ham iqtisodiy qiyinchiliklar boshlandi. Bu vaqtga kelib VIR bilan ma’lum davrgacha о‘zaro aloqalarning uzilib qolishi natijasi-da kolleksiyalarga namunalar kelib tushishining tо‘xtashi, ishchi kolleksiyalar-dagi namunalarning kо‘p qismi dublet holida uzoq vaqt unuvchanligi qayta tiklanmay saqlanganligi genofondni saqlab qolishda о‘ziga xos muammolarni keltirib chiqargan edi.
Respublikamiz tarixida (1991-1993) keskin о‘zgarishlar sodir bо‘layotgan bir paytda institut olimlari о‘simliklar genofondining taqdiri ular qо‘lida ekanligini va bu zimmalariga juda katta ma’suliyat yuklanganligini yaxshi tushunishar edi.
Xozirgi kunda institutning yettita bо‘limi, bitta laboratoriyasida va ikkita tajriba stansiyalarida о‘ttizga yaqin ilmiy xodimlar (3 fan doktori, 12 fan nomzodi) Davlat fan va texnologiyalarini rivojlantirishni muvofiqlashtirish qо‘mitasining dasturlariga kiritilgan loyixalarda faoliyat yuritmoqdalar.
Mustaqillikning о‘tgan 20 yildan oshiq vaqti mobaynida institutdagi jaxon kolleksiya namunalarini turli ekologik va geografik sharoitlarda о‘rganish, dublet kolleksiyalar yaratish maqsadida 2 ta tajriba stansiyasi (Andijon, 1994 va Surxandaryo, 1996) tashkil etildi. Ushbu tajriba stansiyalarida turli о‘simlik nav va namunalarini о‘rganish asosida respublikamizning ushbu xududlarga mos о‘simlik turi, nav va namunalarni ishlab chiqarishga joriy etish, mevali ekinlar va uzumning dublet kolleksiyalar yaratish orqali in situ saqlash ishlari amalga oshirilmoqda. Institutda AQSH qishloq xо‘jalik departamenti (USDA), IKARDA/SIMMIT, IPGRI, kabi xalqaro tashkilotlar kо‘magida Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlari ichida birinchi marta qishloq xо‘jalik ekinlari genofondni о‘rta muddatda (+4-6 0 S xaroratda 15-20 yil muddatda) ex situ saqlashga mо‘ljallangan Genbank, ya’ni о‘simliklar genetik resurslarini maxsus saqlash binosi 2003 yilda ishga tushirildi va «О‘simliklar genetik banki» bо‘limi tashkil etildi.
Genbank faoliyatini ishga tushirishda institutning jonkuyar xodimlari jumladan: ilmiy ishlar bо‘yicha direktor о‘rinbosari R.F.Mavlyanova boshchiligida birinchi ilk tashkil etilgan Genbankning urug‘shunoslik laboratoriyasi mudiri L.V.Lyovkinna, о‘simliklar genetik resurslari bо‘yicha ma’lumotlarini yig‘ish va taxlil etish bо‘limi (keyinchalik- о‘simliklar genetik resurslarini xujjatlashtiri bо‘limi) mudiri F.X.Abdullayev va bir guruh olimlar- A.F.Pimaxov, K.I.Baymetov, A.SH.Arzumanov, A.Y.Kurdyukova, A.S.Rustamov, M.E.Amanova, T.K.Duysenov va boshqalarning xizmatlari katta bо‘ldi.
Genofondni jaxon andozalariga mos ravishda saqlash bilan birga undan samarali foydalanish maqsadida respublikamiznining milliy boyligi bо‘lgan ushbu jaxon kolleksiyasini xujjatlashtirish asosida uning kompyuter axborot bazasini shakllantirish bо‘yicha F.X.Abdullayev boshchiligida izlanishlar olib borildi. Natijada respublikamizning 14 ilmiy muassasalarida saqlanayotgan 70 mingdan ortiq о‘simlik turlari va namunalari bо‘yicha ularning introduksi- 11 yasi va ekspeditsiyalar (1912-2001 yillar davomida о‘tkazilgan 266 ekspeditsiyalar bо‘yicha); pasport (106 xil ekinlarning 37409 namunasi bо‘yicha); taksonomik va jug‘rofik ma’lumotlar; Genbankda saklanayotgan urug‘lar monitoringi; qayd etilgan tavsifnomalar (735 kо‘rsatkichlari bо‘yicha) va Markaziy Osiyo va Kozog‘iston xududidagi madaniy ekinlarning 300 xil yovvoyi avlodlari bо‘yicha axborot bazasi shakllantirilib, ularni yanada takomillashtirish bо‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. Oddiy xona sharoitida saqlanayotgan jaxon kolleksiya namunalarini 30 mingdan ziyod qismi о‘rta muddatda saqlash sharoitiga о‘tkazildi va kafolatli saqlanishi ta’minlandi. Genbak bо‘limida namunalarni uzoq muddat saqlash uslublarini takomillashtirish, idish turlarining urug‘larni saqlanish muddatiga, saqlanish davomiyligining urug‘ sifat kо‘rsatkichlariga ta’siri yо‘nalishlarida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Turli mamlakatlardan introduksiya qilingan g‘alla, texnik sabzavot-poliz, moyli va boshqa ekin turlariga mansub 14 mingdan ziyod namunalar institutning introduksiya bо‘limida karantin kо‘rigidan о‘tkazilib birlamchi baxolandi va ilmiy muassasalarda oddiy xona sharoitida saqlanayotgan ekin turlarining urug‘larini genbankka jalb etish ishlarini amalga oshirish natijasida sо‘ngi yillarda institut genofondiga 3150 namuna jalb etildi. Institut olimlari tomonidan mustaqqillik yillarida jaxon kolleksiyasini о‘rganish asosida 2 fan doktori va 10 fan nomzodi dissertatsiyalari yoqlandi.
K.I.Baymetov tomonidan maxalliy shaftoli nav va namunalarini klassifikatsiyasi, ularning tarqalish areallari, seleksiyasi, kо‘chatchiligi soxasida qilingan izlanishlari asosida «Gulnoz», «Uchqun», «Istiqbol», «Chimgan», «Xilola», «Yutuq» kabi shaftoli yangi navlari yaratilib, respublikamizning ishlab chiqarilishiga joriy etildi.
R.F.Mavlyanova tomonidan 10 xil ildizmevali va kо‘kat ekinlarining 56 kenja turlariga mansub 1380 kolleksiya namunalari xilma-xilligini о‘rganish va ulardan foydalanish bо‘yicha olib borilgan izlanishlar natijasida seleksiya uchun belgilar kolleksiyasini shakllantirish prinsiplari, bir va ikki yillik va chetdan changlanuvchi ekinlar bо‘yicha seleksiya va urug‘chilik ishlarining ilmiy asoslari ishlab chiqildi. Qishloq xо‘jalik ekinlarining qator yangi navlari yaratilib, ishlab chiqarishga joriy qilindi.
B.M.Jumaxanov, F.X.Abdullayev, A.S.Rustamov, SH.N.Rajametov, B.Adizov, J.R.Pirnazarov, S.M.Aliqulov kabi fon nomzodlarining ilmiy izlanishlari asosida arpa, makkajо‘xori, tarvuz, nok, sabzi, bug‘doyning jaxon kolleksiya namunalarini seleksiya va urug‘chiligi, genetikasi, ularning yangi tizim va navlaridagi geterozis xodisasi о‘rganilishi bilan birga, ishlab chiqarish soxasining (biotik va abiotik faktorlarga chidamlilik, qayta ishlash va pivoboplik) turli yо‘nalishlariga mо‘ljallangan yangi navlar yaratildi.
Xozirgi davrda institutda bug‘doyning zang kasalliklarining turli rasalariga chidamli navlarini yaratish va pomidorning vertitsillyoz va fitoftoroz, kasalliklariga chidamli nav va namunalarni sun’iy kasallantirish maydonlarida tanlab olish va ularni seleksiya jarayoniga jalb etish, uzumning Fransiya, Ispaniya, Italiya, Armeniya, Gruziya va boshqa mamlakatlarga mansub yuqori sifatli vinobop navlarini kо‘paytirish va ishlab chiqarishga joriy etish yо‘nalishlarida ilmiy izlanishlar davom ettirilmoqda.
Mustaqqillik yillarida institut olimlari tomonidan meva ekinlari bо‘yicha darslik, «О‘zbekiston qovunlari atlasi», yer yong‘oq va moyli ekinlar bо‘yicha 3 ta uslubiy qо‘llanma, turli qishloq xо‘jalik ekinlari bо‘yicha 6 ta tavsiyanoma, meva ekinlarining maxalliy navlari bо‘yicha katalog, 120 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan va 23 xil ekinlarning 48 yangi navlari Davlat reyestriga kiritilib, 80 mingdan ortiq mevali ekin kо‘chatlari va 21 tonnadan oshiqroq superelita va elita urug‘liklari ishlab chiqarishga joriy etildi.
Ushbu ilmiy dargohning rivojlanishiga о‘zining ulkan xissasini qо‘shgan olimlar: A.M.Negrul, M.F.Petropavlovskiy, D.A.Sikstel, I.F.Makarov, Y.F.Kats, M.S.Juravel, A.M.Pavlova, V.I.Zuev, A.M.Arzumanova,. N.V.Kultiasov, V.A. Tataurova, V.A.Muxamedjanov, K.A.Visotskiy, N.V.Kovalev, SH.M.Mо‘minov, S.G.Tarakanov, L.V.Milovanova, G.A.Pereverzev, G.K.Muxamedov, D.I.Tupitsin, V.I.Shichkov, N.I.Glushenkova, K.N.Pravikovskaya, Z.F.Belova, YE.D.Patalaxa, I.I.Pugachev, V.P.Gorbunov, A.V.Atlanov, B.X.Sattarov, A.G.Raximjanov, I.SH.Shaxmedov, S.A.Potokina, Y.A.Kosov, A.A.Basistov, L.S.Kolokolseva, N.R.Xasanshin, G.S.Shaxmedova, E.N.Lomakin, F.T.Sangas, YE.N.Ivanenko, M.SH.Asfandiyarova, T.I.Pugacheva, A.F.Pimaxov, O.F.Polyanichko, R.A.Borodina, V.A.Smirnova, Z.I.Xalikulov, V.L.Chijkov, Y.F.Uzoqov, B.A.Omonturdiyev, YE.YE.Talalova, Y.M.Kim, G‘.Q.Qurbonov, R.SH.Tillayev, F.X.Xodjiyev, J.A.Alimov, Z.B.Pak, Y.N.Kalyagin, L.G.Kalyagina, R.F.Mavlyanova, V.A.Arzumanov, K.I.Baymetov, A.SH.Arzumanov, L.V.Levkina, A.Y.Kurdyukova, M.Y.Yuldashov, T.Q.Duysenov, A.S.Rustamov, SH.E.Nomozov, M.E.Amanova, F.X.Abdullayev, J.R.Pirnazarov, B.M.Djumaxanov, SH.N.Rajametov kabi olimlar о‘simliklar genetik resurslarini boyitish, saqlash, seleksiya uchun birlamchi manbalarni ajratish, birlamchi urug‘chilik va boshqa yо‘nalishlarda faoliyat yuritdilar va yuritmoqdalar.
Stansiyada о‘z faoliyatini yoshlikdan boshlagan olimlar A.A.Abdullayev, B.S.Sanginov, V.I.Zuev va M.M.Mirzayev keyinchalik akademik unvoniga erishishdi. Qishloq xо‘jalik ekinlarining genetik resurslarini boyitish, saqlash, har tomonlama о‘rganish asosida seleksiya uchun birlamchi manbalarni ajratish, yangi navlar yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish ishlaridagi erishgan yutuqlari uchun N.V.Kultiasov, G.A.Pereverzev, A.M.Negrul, M.S.Juravel Davlat mukofoti laureatlari, 30 dan ortiq olimlar esa turli orden va medallar, kо‘krak nishon-lari bilan taqdirlandilar.
Kelgusida institut olimlaridan Markaziy Osiyoning xududlariga ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirish orqali о‘simliklar genetik resurslarining mahalliy, noyob, yо‘qolib borayotgan namunalarini yig‘ib kelish va genofondni yanada boyitish bilan birga iqlimning global о‘zgarishlariga chidamli yangi navlarni yaratish uchun seleksiyaning turli yо‘nalishlariga birlamchi manbalar ajratishga mо‘ljallangan fundamental, amaliy, innovatsion axamiyatga ega bо‘lgan ilmiy tadqiqot ishlarini yanada kuchaytirilishi maqsadga muvofiqdir.