O’simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti Dala ekinlari genetik resurslari bo’limi 2024 yil ish rejasiga, asosan, yem-xashak ekinlaridan: makkajo’xori 250 ta, jo’xori 86 ta, tariq 20 ta, marjumak 20 ta. Donli ekinlardan: bug’doy 526 ta, arpa 618 ta, suli 52 ta, tritikale 108 ta. Dukkakli ekinlardan: mosh 50 ta, no’xat 38 ta nav va namunalari ekilgan.



Seleksiya tadqiqotlari davomida jahon genofondini o’rganish asosida global iqlim o’zgarishi sharoitlarga moslashgan, bug’doyning sariq va qo’ng’ir zang kasalliklariga chidamli, jo’xorining don va ozuqa birligi, no’xatning kuzgi va bahorgi muddatlarda yetishtirishga moslashgan, qurg’oqchilikka va issiqlikka chidamli manbalarni tanlash va ular asosida yangi navlar yaratilgan.



Shuningdek, birlamchi urug‘chiligini tashkil etish, don dukkakli va yem-xashak ekinlari germoplazmalarining urug‘ unuvchanligini qayta tiklash, boyitish bo’yicha ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda.



