
Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi O’simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti Andijon ilmiy tajriba stansiyasida “Chetdan introduksiya qilingan, mahaliy sharoitda yaratilgan istiqbolli navlarning intensiv urug‘chilik tizimi” bo‘yicha ko‘rgazmali dala seminari bo’lib o’tdi.



Tadbirda viloyatda g’alla urug’chiligiga ixtisoslashgan klaster va dehqon xo’jaligi agronomlari ishtirok etdi. Ishtirokchilariga mamlakatimizga chetdan introduksiya orqali kirib kelgan va mahaliy sharoitda yaratilgan istiqbolli boshoqli ekin navlarining intensiv tipdagi urug’chilik tizimini yetishtirish bo`yicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek ilmiy tajriba stansiyasida yetishtirib kelinayotgan don-dukkakli, meva va sabzavot ekinlari bo’yicha ham olib borilayotgan tadqiqotlar yig’ilganlarga tanishtirildi. Ularining tuproq iqlim sharoitlariga moslashuvchanligi, hosildorligi va sifati haqida olimlar qatnashchilarga tanishtirib o’tdi.