Bug’doyda sariq zang kasalligi rivojlanishini oldini olishda doimiy monitoringdan o’tkazish bo’yicha tavsiyalar

G’alla maydonlarida sariq zang kasalligining erta bosqichlarini aniqlash va uning tarqalishini nazorat qilish yuqori hosildorlikga erishishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

O’simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan g’alla maydonlarini sariq zang kasalligining rivojlanishini doimiy nazoratdan o’tkazish tadbirlari amalga oshirilmoqda. Ushbu kasallik bug’doyning barglari, poyalari va boshoqlariga ta’sir qilishi mumkin.

Zang kasalligining uchta asosiy turi mavjud: sariq zang, qo’ng’ir zang va poya zangi.

Monitoringni o’tkazish davriyligi:
bugʻdoy ekilgandan boshlab, don toʻlishi davrigacha har haftada kamida bir marta nazorat tadbirlarini amalga oshirish zarur.
kasallik tarqalishiga olib keluvchi qulay sharoitlar (nam va iliq ob-havo) mavjud boʻlganda, monitoringni tez-tez oʻtkazish tavsiya etiladi.

Monitoringni oʻtkazish usullari

dalani diagonal yoʻnalishda kesib oʻting;
har bir nuqtada kamida 20 ta oʻsimlikni koʻzdan kechiring;
barglarning yuqori va pastki qismlariga, poyalarga va boshoqlarga alohida e’tibor qarating;
zang kasalligining belgilarini (pustulalar) izlang;
fotosuratlar kasallikning rivojlanish darajasini taqqoslash va baholash uchun zarur.

Zang kasalligining belgilarini aniqlash:
Sariq zang (Puccinia striiformis):
barglarda sariq yoki toʻq sariq rangli, uzun yoʻl-yoʻl pustulalar (yaralar) paydo boʻladi.
pustulalar barg tomirlari boʻylab joylashadi.

Qoʻngʻir zang (Puccinia recondita)
barglarning yuqori qismida toʻq qo’ng’ir, dumaloq yoki oval shaklidagi pustulalar hosil boʻladi.

Erta bahorda sariq zangning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar:
ob-havo sharoiti: Sariq zang, ayniqsa, havo harorati 10-15°C bo’lganda va yuqori namlik (yog’ingarchilik, tuman) sharoitida tez rivojlanadi. Bunday sharoitlar sporalarning (kasallik qo’zg’atuvchilarining) o’sishi va tarqalishi uchun juda qulaydir;
navlarning moyilligi: agar ekilgan bugʻdoy navi sariq zangga chidamli boʻlmasa, kasallik tez tarqalishi mumkin;
azotli o’g’itlarning me’yoridan ortiq qoʻllanilishi: azotli o’g’itlarning ko’pligi o’simliklarning immunitetini pasaytirib, kasallikka moyilligini oshiradi;
Ekinlarning zichligi: zich ekilgan bug’doy dalalarida havo aylanishi yomonlashadi, bu esa namlikni oshirib, kasallikning tarqalishiga yordam beradi.

Eslatmalar:
monitoringni muntazam ravishda o’tkazib turish zarur.
kasallikning belgilarini aniqlashda e’tiborli bo’ling.
zarur hollarda, mutaxassis yordamidan foydalaning.

Прокрутить вверх