Genetik resurslarni asrash borasidagi natijalar

Milliy markaz tizimidagi O‘simliklar genetik resurslar ilmiy-tadqiqot instituti

✔️103 xil ekin turining 43 855 namunalari Milliy Genbankda tirik holda saqlanmoqda.

✔️47 xil ekin turining 4078 ta namunalarining eski reproduksiya urug‘lari unuvchanligi qayta tiklandi.

✔️22 xil ko‘p yillik o‘simliklarning 5002 ta namunasi Dala genbankida tirik holda saqlanmoqda.

✔️ Behi eski kolleksiya bog‘i yangi joyga ko‘chirildi. Uzumning 398 ta namunalari ko‘chatlari yangi bog‘ tashkil etish uchun tayyorlandi.

✔️ Milliy genofond 1405 ta namunaga boyitildi.

Introduksiya

✔️Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Turkiya, Meksika, Livan, Xitoy, Hindiston davlatlaridan 486 namuna;

✔️ Respublika hududlariga uyushtirilgan ekspeditsiyalardan 794 namuna;

✔️ Ilmiy muassasalardan olingan namunalar 125 ta.

✔️ 21 ta ilmiy muassasaga 32 xil ekin turining morfo-biologik va qimmatli-xo‘jalik belgi va xususiyatlariga ega bo‘lgan 1125 ta kolleksiya namunalari birlamchi manba sifatida foydalanish uchun berildi.

✔️ Institutda yaratilgan va respublikamiz uchun istiqbolli bo‘lgan makkajo‘xori, kungaboqar, mahsar, yeryong‘oq, kunjut, bug‘doy, mosh va boshqa ekinlarining nav va duragaylaridan 147 tonna yuqori avlodli urug‘lari tayyorlanadi.
Seleksiya

✔️ Uzumning «Baraka» va «Fayz»,

✔️ Mushmulaning «Yagona»,

✔️ Yumshoq bug‘doyning “Obod”, “Oq suv”, “O‘ITI-1”, “Barqaror” va “Nurafshon” navlari

✔️ Soyaninig “Zarbuloq” navi

✔️ Ko‘pyillik bug‘doyning “Hayot”

✔️ Qovunning “Saboh” va “Soyli” navi yaratildi.

Прокрутить вверх