- Ilmiy-tadqiqot instituti tarixi haqida ma’lumot — 1,5 varaqda. Bunda institutning qachon va qaysi hujjat asosida tashkil etilgani, qanday nomlar bilan yuritilgani, kimlar rahbarlik qilgani va nufuzli olimlardan kimlar faoliyat ko’rsatgani, qanday ilmiy yutuqlar qo’lga kiritilgani haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
O’simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti 1924 yilda bevosita Nikolay Ivanovich Vavilov rahbarligida Amaliy botanika, genetika va seleksiya institutining bo‘limi sifatida tashkil etilgan bo‘lib 1927 yildan bo‘lim Butunittifoq amaliy botanika va yangi ekinlar institutining Oʻrta Osiyo tajriba stansiyasiga aylantirilgan. 1979 yil – Butunittifoq o‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining O’rta Osiyo tajriba stansiyasi negizida tashkil etilgan. Respublikamiz o‘z mustaqilligiga erishgach 1992 yilda O’zbekiston o‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti deb nomlandi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.05.2020 yildagi 282-sonli “Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi faoliyatini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi o‘simliklari turlarining Milliy genbankini yaratish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O’simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti deb nomlandi. Shuningdek, institutdagi mavjud Genbank Milliy ahamiyatga ega deb tan olinib, unga “Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetik resurslari Milliy Genbanki” maqomi berildi.
Institutda yig‘ilgan qishloq xo‘jalik ekinlari genetik resurslari va namunalar soni bo‘yicha dunyoda 14, MDX davlatlari orasida 2- o‘rinni egallaydi. Bu yerda 102 xil qishloq xo‘jalik ekinlarining 43 mingdan ziyod namunalari Dala va Urug‘ genbanklarida tirik holda saqlanmoqda.
Institutga buyuk olim Nikolay Ivanovich Vavilov tomonidan asos solingan bo’lib, institutdagi g‘o‘za kolleksiyasi namunalari 1922 yildan boshlab AQSh, Meksika, Kolumbiyadan N.I.Vavilov va S.M.Bukasov, Turkiya, Peru va Afg‘onistondan P.M.Jukovskiy, Xindistondan D.V.Ter-Avanesyan kabi olimlar tomonidan ekspeditsiya yo‘li bilan olib kelinib, serhosil, kasallik va zararkunandalarga chidamli g‘o‘za navlarini yaratish uchun seleksiyada foydalanilgan. G.S.Zaysev, F.M.Maueralar g‘o‘za sistematikasi bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirdi. A.A. Abdullaev, V.I. Zuev, Sh.E. Namozov va Bobosanginovlar institutda dastlab o’z faoliyatinin olib borib akademiklik darajasiga erishib genetik resurslari sohasida ilm fanni rivojlanishiga katta hissa qo‘shishgan.
Don va dukkakli ekinlar bo‘yicha V.K.Kobalev, A.M.Pavlova, N.I.Glushenkova, V.P.Gorbunov, E.Sh. Shoahmedov, G’. Qurbonov, Z.Xolikulov, Z.S.Vinogradovlar tomonidan ko‘plab izlanishlar olib borilgan milliy genofondni boyitish va o‘rganish borasida yuqori natijalarga erishgan. A.M.Negrul, M.S.Juravel, Ya.F.Kats, G.K.Muxamedovlar tomonidan uzumning dunyoga mashxur 30 dan ortiq navlari yaratilib, ulardan 12 tasi rayonlashtirilgan.
Meva va rezavor ekinlar namunalarini yig‘ish, o‘rganish va yangi navlar yaratish bo‘yicha N.V.Kovalev, V.A.Arzumanov, B.A.Shixmatov, Ye.D.Patalaxa, G.V.Monaxov, A.S.Tuz, D.I.Tupitsin kabi ko‘plab taniqli olimlar faoliyat olib borganlar. Sabzavotchilik ekinlari bo’yicha yuqori natijalargqa erishgan akademik V.I. Zuev, A.F. Pimaxov, Hozirgi kunda bo‘limda K.I.Baymetov (shaftolining Gulnoz, Chimgan, Yutuq va boshqa navlari muallifi), A.Sh.Arzumanov, H.M.Hasanov (olxo‘rining “Maysara”, “Hosilot”, “Muxtor”, “Yarxi”, mushmulaning “Yagona”, uzumning “Fayz”, “Baraka” navlari muallifi)lar faoliyat olib bormoqdalar. Bulardan tashqari texnik, sabzavot, poliz, moyli ekinlar bo‘yicha ham ko‘plab yetuk olimlar ilmiy faoliyat olib borishgan.
- ITIning hozirgi holati, nechta ITS va qancha yer maydoni mavjudligi, xodimlar soni, ilmiy salohiyati, laboratoriyalari, drayver ilmiy yo‘nalishlari, oxirgi 5 yil davomida qo‘lga kiritilgan kamida 5 ta muhim ilmiy natija (yangi nav, agrotexnika, yondashuv, ishlanma va hokazolar), xorijiy hamkorlik faoliyati haqida ma’lumot — 2 varaqda.
Institut Toshkent viloyatining Qibray tumani, Botanika mahallasi, Botanika ko‘chasida, “Boz-suv” kanali qirg‘og‘ida joylashgan.
Institutda 3 ta ilmiy-tajriba stansiyasi, 9 ta bo‘lim va 5 laboratoriya mavjud bo‘lib tajriba-sinovlar uchun ajratilgan yer maydon 249.48 ga ni tashkil etadi.
Jami xodimlar soni 57 nafarni tashkil etadi, ilmiy xodimlar soni 25 nafar bo’lib shundan fan doktori va professorlar 2 ta, falsafa doktori va fan nomzodlari 11 ta, kichik ilmiy xodimlar 3 ta. Ilmiy salohiyat 56%.
Institutda quyidagi 9 ta bo‘limlar faoliyat yuritmoqda:
- Qishloq xo’jaligi ekinlari genetik resurslari Milliy Genbanki;
- Dala ekinlari genetik resurslari bo’limi;
- Sabzavot va poliz ekinlari genetik resurslari bo’limi;
- Texnik ekinlar genetik resurslari bo’limi;
- Uzum genetik resurslari bo’limi;
- Meva-rezavor ekinlar genetik resurslari bo’limi;
- Dorivor o’simliklar genetik resurslari bo’limi;
- Dala genbanki;
- O’simliklar karantini va introduksiyasi bo’limi;
Institutda quyidagi 5 ta laboratoriyalar faoliyat yuritmoqda:
- O’simliklar biotexnologiyasi laboratoriyasi;
- Sitogenetika va seleksiya laboratoriyasi;
- O’simliklar fiziologiyasi va immuniteti laboratoriyasi;
- O’simliklar bioximiyasi laboratoriyasi;
- Ekobotanika va sistematika laboratoriyasi.
Institutning hozirgi kundagi asosiy yo‘nalishlari:
- Madaniy o‘simliklarning genetik resurslarini yig‘ish va introduksiyasi;
- Introduksiya etilgan namunalarni karantin ko‘rigidan o‘tkazish va birlamchi baholash;
- O’simliklar genofondini kelajak avlod uchun kafolatli saqlash;
- Jahon kolleksiya namunalarini kompleks baholash va asosiy xo‘jalik belgilari bo‘yicha ajratib olingan manba hamda donorlarni seleksiya markazlariga uzatish;
- Rayonlashtirilgan navlarning birlamchi urug‘chiligi.
Institutda quyidagi 3 ta drayver ilmiy yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda:
- Karantin agentligi orqali import qilinayotgan urug‘ va ko‘chatlar asosida Milliy genofondni boyitish;
- DNK markerlari yordamida milliy genofondagi nav namunalarni stress omillarga chidamliligini tavsiflash va molekulyar filogeniyasini tadqiq qilish;
- Makkajo‘xori, sabzavot hamda poliz ekinlarining F1 duragaylari urug‘chiligini tashkil etish;
Xar yili institutda saqlanayotgan 60 dan ortiq qishloq xo’jalik ekinlarining 3.5-4 ming namunalari unuvchanligi qayta tiklanib ya’ni galla, makkajo‘xori, yorma, texnik, moyli, noan’anaviy, sabzavot, poliz, mevali ekinlarining qimmatli-xo‘jalik belgilari bo‘yicha chuqur o‘rganiladi. O’rganish ishlari natijasida 300 dan ortiq qimmatli-xo‘jalik belgi va xususitlariga ega bo‘lgan manbalari ajratilgan, ya’ni bo‘g‘doyning ertapishar, yuqori hosildor, kasallikka chidamli; go‘zaning ertapishar, tola sifati yuqori bo‘lgan namunalar; moy miqdori yuqori bo‘lgan bir qator moyli ekinlar hamda yuqori sifatli sabzavot, poliz, mevali va boshqa ekinlarning qimmatbaho namunalari shular jumlasidandir.
Olimlar tomonidan noan’anaviy ekinlardan mushmulaning “Yagona”, steviyaning “Shirinbarg”, “Shakrbarg” yashil no‘xotning “Surpriz”, sabzavot soyasining “Ilhom”, “Universal”, “Sulton”, sabzavot moshning “Zilola”, “Marjon, “Turon”, “Durdona”, “Osiyo”, “Zamin”, “Baraka”, “Barqaror”, Kuzgi yumshoq bug‘doyning “Obod”, “Nurafshon”, “Barqaror”, topinamburning “Fayz baraka” va “Mo‘jiza” Kunjutning “Qora shahzoda” navlari Davlat reyestriga kiritilgan. Shuningdek yumshoq bug’doyning “Obod”, “Barqaror”, “Nurafshon”, Soyaninig “Zarbuloq” moshning “Osiyo”, “Zamin”, “Baraka”, “Barqaror” mushmulaning “Yagona” navlariga petentlar olingan.
So‘ngi 5 yil davomida ICARDA, CIMMIT, ICRISAT, Bioversity International va AVRDC kabi halqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda o’simliklarni yangi nav namunalri introduksiya qilinib asosiy xo‘jalik belgilari bo‘yicha kompleks o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari Xitoy halq respublikasining «Xinjiang Jiuyu Agricultural Development Co. LTD» kompaniyasi bilan Makkajo‘xori duragaylar seleksiyasi va birlamchi urug‘chiligi tashkil etish maqsadida ilmiy hamkorlik o’rnatildi va shartnoma imzolandi.
Ozarbayjon respublikasining Genetik resurslari instituti bilan O’simliklar genetik resurslarini saqlash, boyitish, o’rganish va undan samarali foydalanish sohasida hamkorlik o’rnatilib, anglashuv memorandumi va hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Turkiya davlatining ICARDA/CIMMYT, Tagem & Innovation bilan donli va dukkakli ekinlarning xalqaro pitomniklarini mintaqamiz tuproq-iqlim sharoitlarida sinovlarini o’kazish bo’yicha tadqiqotlar olib borilmoqda hamda 2024 yilda Genetik resurslari va Genbank boshqaruvi yo’nalishida 11 nafar institut xodimlari malakasini oshirib qaytishdi.
Fransiyaning “Wostin” kompaniyasi bilan hamkorlikda institut olimlari tomonidan yaratilgan moshning “Durdona” va “Barqaror” navlarini Fransiya tuproq-iqlim sharoitlarida sinovini o’tkazish va moshdan oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqish bo’yicha anglashuv memorandumi va litsenzion shartnoma imzolandi.
Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotinnig Taraqqiyot dasturi va O‘zbekistoni Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining hamkorligida amalga oshirayotgan EU-AGRIN loyihasi doirasida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotinnig Taraqqiyot dasturi va O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligining hamkorligida amalga oshirayotgan EU-AGRIN loyihasi doirasida «Yer va suv resurslarini boshqarishning integratsiyalashgan innovatsion texnologiyalaridan foydalanish orqali moshning yangi navlarini joriy etish» mavzusidagi loyiha bo‘yicha tadqiqotlarni 3 ta ilmiy tashkilotlar: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti, Donli va don-dukkakli ekinlari ilmiy-tadqiqot institutining Farg‘ona tajriba stansiyasi hamda Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani «Best Cotton Fields» fermerlik xo‘jaliklari bilan hamkorligida «Barqaror» mosh navini yetishtirishda yangi ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha innovasiyon loyihalar olib borilmoqda.
Institutning O’simliklar biotexnologiyasi laboratoriyasi mudiri Ozod Turayev Germaniyaning Genrix Geyn nomidagi Dyusseldorf universiteti bilan hamkorlik kelishuviga binoan “Molekulyar biologiyaning eng so‘ngi yutuqlari: butungenom assotsiatsiyalari tahlili (GWAS) va CRISPR/Cas9 genlarini tahrirlash usullari” mavzusidagi o‘quv kurslarida malaka oshirib qaytdi.
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida e’lon qilingan 87-88 tur “Oʻzbekiston-Xitoy” va “Oʻzbekiston-Belarus” xalqaro qoʻshma tanlovlarida ishtirok etish uchun xorijiy hamkorlar bilan 3 ta amaliy 1 ta fundamental loyihalar tadqim etildi.
Instutda ishlab chiqarilgan yuqori avlodli “Durdona” navi (81 kg), “Barqaror” navi (81 kg), yeryong’oqning “Toshkent” navi (125 kg), noxotning “Eroni” navi (241 kg) urug’lari Afg’onistonga dala maydonlariga joriy etish maqsadida jo’natildi.
Kelgusi rejalar, ustuvor ilmiy yo‘nalishlar, ilmiy salohiyatli kadrlar tayyorlash borasidagi faoliyat — yarim sahifa.
- Milliy Genbankda saqlanayotgan ekin turlarining unuvchanligi va xayotchanligini qayta tiklash maqsadida Milliy Genbankning o‘rta muddatda saqlash (+2+4oC) sharoitinin yanada yaxshliash hamda uzoq muddatga (-18 oC) saqlashni joriy etish;
- Dala genbankida sharoitlarida jonli holda saqlanayotgan eskirgan nok va behi kolleksiya bog‘lari qayta tiklash ishlari va yangirtirish ishlarini amalga oshirish;
- Seleksiyaning uzluksizligini ta’minlash maqsadida respublikaning ilmiy muassalariga turli xil ekin turlarining morfo-biologik va qimmatli-xo‘jalik belgi va xususiyatlariga ega bo‘lgan kolleksiya namunalari izlanishlarda birlamchi manba sifatida foydalanish uchun ularning talabnomasiga asosan uzatish;
- Ilmiy xodimlarni malakasini ilg‘or universitet vaxalqaro markazlarda oshirish hamda zamonaviy ilm-fan uchun xizmat qiladigan yoshlarni institutga jalb etish;
- Molekulyar biologiyaning ilg’or gen tahrirlash usullaridan foydalanib Milliy genbankdagi nav namunalarning stres omillarga chidamli navlarini baholash;
- Ilmiy loyihalar doirasida dolzarb muammolarni yechimiga qaratilgan fundamental tadqiqotlar olib borishni hamda izlanish natijalari bo‘yicha nashriy ishlar(ilmiy maqola, tavsiyanomalar, monografiyalar, kataloglar va boshqa ilmiy nashrlar ) chop etishni yanada jonlantirish.
- Rossiya Federatsiyasining Butunrossiya o’simliklar genetik resurslari tadqiqot instituti (VIR) bilan genetik resurslar sohasida yo’nalishida ilmiy hamkorlikni yo’lga qo’yish asosida milliy genofondni boyitish;
- Xorijiy ilmiy dargohlar bilan hamkorlikda don va sabzavor ekinlarining yangi avlod gibridlarini yaratish hamda yuqori avlodli urug‘lar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.
Instuitut tomonidan 2024 yil II -yarim yillikda moshning “Durdona” navi 7 tonna, “Barqaror” navi 8 tonna, noxotning “Eroni” navi 4 tona bug’doyning “Vassa” navi 80 tonna, Obod navi 8 tonna yuqori avlodli urug’lari etishtirilib ishlab chiqarishga joriy etilishi rejalashtirilgan. Meva ko’chatchiligi ham yo’lga qoyilgan bo’lib shaftolining “Shalola” navi 1000 ta, “Anjir kulcha” navi 1000 ta, olxo’rining “Lito” navi 1000 ta, mahalliy o’rikning 800 ta, bexining “Yubileyniy” navi 100 ta va “Nonbexi” navi 100 ta ko’chatlari yetishtirilib jammi 4000 ta ko’chatlari ishlab chiqarishga taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Moyli va tolali ekinlar ITSda 2024 yil II -yarim yillikda bug’doyning “Vassa” navi 50 tonna, “Antonina” navi 40 tonna yuqori avlodli urug’lari shuningdek moshning “Barqaror” navi 7 tonnna, “Durdona ” navi 8 tona va makka jo’xorining 100 tonna orginal urug’ligi etishtirilib ishlab chiqarishga joriy etilishi rejalashtirilgan.
Surxondaryo ITS da meva ekinlarining jami 64100 dona ko’chatlari ko’paytiriladi jumladan shaftolining “Nektari” navi 3300 ta, “Anjir kulcha” navi 600 ta, “Atlas” navi 8300 ta, o’rikning “Bigrit” navi 8000 ta, “Maykrost” navi 7000 ta, Olmaning “Jeromayn” navi 5000 ta, “Janagold” navi 5600 ta, Bodomning “Oq qant” navi 10000 ta, “Burgut tirnoq” navi 3000 ta ko’chatlari etishtirilib va ishlab chiqarishga taqdim etish rejalashtirilgan.
Andijon ITSda 2024 yil II -yarim yillikda kuzgi yumshoq bug’doyning “Asr” navi 2 tonna, “Obod” navi 1.2 tonna, “Sharaf 100” navi 3.5 tonna yuqori avlodli orginal urug’lar etishtiriladi hamda kuzgi bug’doyning 2 ta yangi navi Davlat nav sinovi komissiyasiga taqdim etiladi.