O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutiga press tur uyushtirildi

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimidagi yirik ilmiy tajriba maskani sanalmish mazkur institutda «Qishloq xo‘jaligi ekinlari Milliy genbanki» mavjud bo‘lib, unda 43mingdan ziyod ekin navlari saqlanadi. E’tiborli jihati ushbu navlar orasida 100 yilliklari ham mavjud.

Press-turga tashrif buyurgan OAV xodimlariga institut faoliyati, Genbank va laboratoriyalar yaqindan tanishtirildi.
Shuningdek, «27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni» munosabati bilan Milliy markaz va institutlari bilan faol hamkorlikda ishlab kelayotgan jurnalistlar tabriklanib, ularga Milliy markaz rahbariyati tomonidan estalik sovg‘alar va tashakkurnomalar taqdim etildi.

Прокрутить вверх