O’simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti 124-yilda bevosita Nikolay Ivanovich Vavilov rahbarligida Amaliy botanika, genetika va seleksiya institutining bo‘limi sifatida tashkil etilgan bo‘lib, 1927-yildan bo‘lim Butunittifoq amaliy botanika va yangi ekinlar institutining Oʻrta Osiyo tajriba stansiyasiga aylantirilgan. 1979-yil – Butunittifoq o‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining O’rta Osiyo tajriba stansiyasi negizida tashkil etilgan. Respublikamiz o‘z mustaqilligiga erishgach 1992-yilda O’zbekiston o‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti deb nomlandi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 13-maydagi 282-sonli “Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi faoliyatini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi o‘simliklari turlarining Milliy genbankini yaratish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O’simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti deb nomlandi. Shuningdek, institutdagi mavjud Genbank Milliy ahamiyatga ega deb tan olinib, unga “Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetik resurslari Milliy Genbanki” maqomi berildi.
Institutda yig‘ilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari genetik resurslari va namunalar soni bo‘yicha dunyoda 14, MDX davlatlari orasida 2-o‘rinni egallaydi. Bu yerda 102 xil qishloq xo‘jaligi ekinlarining 43 mingdan ziyod namunalari Dala va Urug‘ genbanklarida tirik holda saqlanmoqda.
Institutga buyuk olim Nikolay Ivanovich Vavilov tomonidan asos solingan bo’lib, institutdagi g‘o‘za kolleksiyasi namunalari 1922-yildan boshlab AQSh, Meksika, Kolumbiyadan N.I.Vavilov va S.M.Bukasov, Turkiya, Peru va Afg‘onistondan P.M.Jukovskiy, Xindistondan D.V.Ter-Avanesyan kabi olimlar tomonidan ekspeditsiya yo‘li bilan olib kelinib, serhosil, kasallik va zararkunandalarga chidamli g‘o‘za navlarini yaratish uchun seleksiyada foydalanilgan. G.S.Zaysev va F.M.Mauera g‘o‘za sistematikasi bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirdi. A.A.Abdullayev, V.I.Zuyev, Sh.E.Namozov va
B. Sanginovlar institutda dastlab o’z faoliyatinin olib borib akademiklik darajasiga erishib genetik resurslar sohasida ilm-fanni rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan.
Don va dukkakli ekinlar bo‘yicha V.K.Kobalev, A.M.Pavlova, N.I.Glushenkova, V.P.Gorbunov, E.Sh.Shoahmedov, G’.Qurbonov, Z.Xolikulov, Z.S.Vinogradovlar tomonidan ko‘plab izlanishlar olib borilgan milliy genofondni boyitish va o‘rganish borasida yuqori natijalarga erishgan. A.M.Negrul, M.S.Juravel, Ya.F.Kats, G.K.Muxamedov tomonidan uzumning dunyoga mashhur 30 dan ortiq navlari yaratilib, ulardan 12 tasi rayonlashtirilgan.
Meva va rezavor ekinlar namunalarini yig‘ish, o‘rganish va yangi navlar yaratish bo‘yicha N.V.Kovalev, V.A.Arzumanov, B.A.Shixmatov, Ye.D.Patalaxa, G.V.Monaxov, A.S.Tuz, D.I.Tupitsin kabi ko‘plab taniqli olimlar faoliyat olib borgan. Hozirgi kunda ushbu yo’nalishda K.I.Baymetov (shaftolining Gulnoz, Chimgan, Yutuq va boshqa navlari muallifi), A.Sh.Arzumanov, H.M.Hasanov (olxo‘rining “Maysara”, “Hosilot”, “Muxtor”, “Yarxi”, mushmulaning “Yagona”, uzumning “Fayz”, “Baraka” navlari muallifi)lar faoliyat olib bormoqdalar.
Offline Website Builder