Institutning ilm-fan vazifalari

Mobirise Website Builder

• Ilmiy ekspedisiyalar uyushtirish, introduksiya etish va kolleksiyalarga jalb etilgan oʻsimlik materiallarini karantin koʻrigidan oʻtkazish orqali oʻsimliklarning Milliy genofondini yangi namunlar bilan boyitish;
Oʻsimliklar genetik resurslari jahon kolleksiyalarining eski reproduksiya urugʻlari unuvchanligini qayta tiklash va vegetativ koʻpayuvchi va koʻp yillik oʻsimliklarni tirik holda ushlab turish va ularni Milliy Genbankda kafolatli saqlash
• Qishloq xoʻjalik ekinlari zamon talablariga javob beradigan navlar yaratish uchun muxim xoʻjalik belgilarga ega boʻlgan madaniy oʻsimliklar va ularning yovvoyi ajdodlarini institut kolleksiyalariga jalb etish, oʻrta va uzoq muddatda saqlash, hujjatlashtirish va undan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish.
• Qishloq xoʻjalik ekinlari jahon kolleksiyalarini oʻrganish asosida ularning evolyusiyasi, filogeniyasi, sistematikasi, immuniteti nazariy muammolarini hal etishga yoʻnaltirilgan fundamental va amaliy izlanishlarni amalga oshirish;
• Mintaqamiz uchun noan'anaviy ekinlar va dorivor oʻsimliklar kolleksiyalarini tashkil etish, oʻrganish va ularni qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga joriy etish. 

AI Website Generator