Bo'limlar

Texnik ekinlar genetik resurslari bo'limi

     Texnik, tolali va noan’anaviy ekinlar namunalarining hayotchanligi va nav tozaligini saqlash uchun ularning biologik doimiyligini hisobga olgan holda dala sharoitida o‘z vaqtida qayta ekish yo‘li bilan urug‘ unuvchaniligini qayta tiklash va qimmatli xo‘jalik belgilari asosida boshlang‘ich manbalar tanlab olish bo‘yicha ilmiy ishlar olib borilmoqda. Bo‘limda ekilib o‘rganilayotgan g‘o‘zaning 6404 ta, moyli ekinlarning 4117 ta, tolali ekinlarning 1227 ta va noan’anaviy ekinlarning 320 ta namunasi hozirgi va kelajak avlod uchun institutning Milliy genofondida kafolatli saqlanib kelinmoqda. Ushbu ilmiy bo‘limning rivojlanishiga o‘zining ulkan xissasini qo‘shgan olimlar: B.A.Omonturdiyev, T.Baymatova, Y.F.Uzoqov, Y.M.Kim, T.K.Duysenov, M.E.Amanova, A.G.Raximjanov, B.X.Sattarov, D.D.Axmedov, N.A.Usmanov va D.X.Xalikulovlar texnik, tolali va noan’anaviy ekinlarining genetik resurslarini boyitish, saqlash, seleksiya uchun boshlang‘ich manbalarni ajratish, birlamchi urug‘chilini olib borish bo‘yicha faoliyat yuritdilar va yuritmoqdalar.
     Texnik ekinlar genetik resurslari bo‘limi xodimlari tomonidan 6 ta ekin turi bo‘yicha jami 14 ta yangi navlar yaratilgan. Jumladan: G‘o‘za 2 ta, Steviya 2 ta, Maxsar 4 ta, Kungaboqar 1 ta, Kunjut 1 ta, Yeryong‘oq 4 ta navlari yaratildi.

Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Sabzavot va poliz ekinlari genetik resurslari bo'limi

     Sabzavot va poliz ekinlari urug’larning unuvchanligini saqlash, o’rganish va ilmiy ekspedisiya yo’li bilan mahalliy nav va namunalarni yig’ish, Milliy genbankda saqlanayotgan 27 ta turga mansub sanzavot va poliz ekinlarining 5 602 ta (Poliz ekinlari – 3430 ta, Tamatdoshlar – 1056 ta, Bargli va ziravorlar – 371 ta Ildez mevali va tuganaklar – 432 ta va 2024 yilda yig‘ib kelingaт yangi 313 ta kolleksiya) namunalarining unuvchanligini qayta tiklash, genofonddan ajratib olingan namunalarni har tomonlama o’rganish va yo’qolib ketish xavfi ostida bo’lgan mahalliy navlarni ilmiy ekspedisiya orqali yig’ish kabi ishlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu ilmiy bo‘limning rivojlanishiga o‘zining ulkan xissasini qo‘shgan olimlar: V.I.Zuyev, Ye.D.Patalaxa, I.I.Pugachev, F.T.TSangas, A.F.Pimaxov, V.L.Chijkov, Yu.N.Kalyagin, L.G.Kalyagina, R.F.Mavlyanova, T.Q.Duysenov, A.S.Rustamov, M.A.Aliyarov, I.U.Oqqo‘ziyev, X.Ch.Bo‘riyev va S.M.Aliqulovlar sabzavot va poliz ekinlarini genetik resurslarini boyitish, saqlash, seleksiya uchun birlamchi manbalarni ajratish, birlamchi urug‘chilik va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yuritdilar va yuritmoqdalar.
Yaratilgan navlar: 14 ta ekin turi bo‘yicha jami 35 ta yangi navlar yaratilgan. Jumladan: Pomidor 4 ta, Topinambur 2 ta, Ukrop 4 ta, Shirin qalampir 2 ta, Achchiq qalampir 4 ta, Baqlajon 3 ta, Sabzi 1 ta, Turp 1 ta, Sarsabil loviya 1 ta, Sabzavot goroxi 4 ta, Qovoq 2 ta, Tarvuz 3 ta, Qovun 2 ta, Qovoqcha 2 ta navlari yaratildi.
Patentlar: Qovoqning «Baxodir» (NAP 20170022, 28.11.2017) naviga patent olingan va Qovunning «Soyli» (NAP 20230090, 28.12.2023), «Saboh» (NAP 20230091, 28.12.2023) hamda Tarvuzning «Gumbaz» (NAP 20230092, 28.12.2023) va «Surxon javohiri» (NAP 20230093, 28.12.2023) navlarini Itellektual mulk agentligi tomonidan patent xujjatlarini olish uchun agentlik portalidan ro‘yxatga olindi.
Tavsiyanomalar: O‘zbekistonda shirin qalampirdan yuqori hosil olish, Achchiq qalampirdan mo‘l hosil yetishtirish, Qovoqning yangi “BAHODIR” navini yetishtirish texnologiyasi, Topinambur ekinini yetishtirish, Topinambur ekini urug‘chiligi bo‘yicha tavsiyanomalar.

Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

O’simliklar milliy genbanki bo’limi

O‘simliklar genofondini genetik butunligini saqlash, germoplazmani yangilash maqsadida urug‘larni qayta ekish yo‘li bilan reproduksiyasini yangilash, madaniy o‘simliklar va ularning yovvoyi ajdodlari genetik resurslarini tirik holda saqlash uslublarini takomillashtirish, introduksion namunalarning germoplazmasini ekish sifati bo‘yicha tahlillarini olib borish, retsepient tashkilotlarga germoplazma namunalarini seleksion ishlar uchun taqdim etish bo’yicha ilmiy ishlar olib borilmoqda.

Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

O’simliklar introduksiyasi bo’limi

Institutga yangi introduksiya etilgan o‘simliklarning namunalarini ro‘yxatga olish, karantin obyektlarini aniqlash bo‘yicha introduksiya etilgan o‘simliklarni karantin ko‘rigidan o‘tkazish, karantin ko‘chatzoriga ekilgan o‘simliklarning o‘suv davrida fitopotologik hamda entomologik kuzatuvlar olib borish, introduksiya qilingan o‘simliklar genetik resurslarini birlamchi baholash kabi amaliy ishlar olib borilmoqda.

Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Moyli va tolali ekinlar seleksiyasi, urug’chiligi va agrotexnologiyasi bo’limi

Boʼlimda moyli va tolali ekinlar genofondini kompleks oʼrganish asosida seleksiya uchun birlamchi manbalar ajratib olish va ular asosida respublikamiz tuproq-iqlim sharoitlariga mos, bugungi kun ishlab chiqarish talablariga toʼla mos boʼlgan, stress omillarga chidamli, serhosil navlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish, yetishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqish va takomillashtirish, institutda yaratilgan moyli va tolali ekinlar navlarining birlamchi urugʼchiligini olib borish bilan bogʼliq boʼlgan ilmiy tadqiqotlarni olib boradi.
Moyli ekinlardan-kungaboqar, kunjut, yeryongʼoq, maxsar, soya, zigʼir, lyalemansiya va tolali ekinlardan - kanop, jut, kanatnik, kratalyariya, malva hamda bamiya ekinlari boʼyicha ilmiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Ilmiy ishlab chiqarish va marketing bo’limi

Institutning barcha tajriba yer maydonlaridan unumli hosil olish uchun o’z vaqtida shudgorlash, jalb etilgan traktor va texnika vositalarini nazorat qilish, ajratilgan yer maydonlariga agrotexnika qoidalariga muvofiq sifatli urug’likni ekish ishlarini tashkillashtirish, mineral o’gitlar va kerakli kimyoviy dorilar bilan ishlov berish, sug’orish, yetishtirilayotgan ekinlarni har xil zararkunanda-parazitlardan himoyalash, hosilni yig’ib olish kabi ishlar olib borilmoqda.
Hozirgi kunda Institutda yaratilgan agrotexnoligiyalarni ishlab chiqarish, joriy qilish va amalga oshirish ishlarini olib bormoqda.

Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Website Software