URUG’CHILIKDA NAVDORLIK BOSH MEZON!

O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida «Bug‘doy urug‘chilik maydonlarini aprobatsiya ko‘rigidan o‘tkazish hamda zang kasalliklarining bug‘doy hosildorligiga ta’siri» mavzusida ilmiy seminar bo’lib o’tdi.

Seminarda urug’chilikka ixtisoslashgan fermer xo’jaliklaridan vakillar ishtirok etdi. Urug’chilik yo’nalishida navdorlik bosh mezon ekanligi qayd etildi.

-«Shu bois aprobatsiya ko‘rigini sifatli va xolis o’tkazish lozim»- deya ta’kidladi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti direktori Zafarjon Ziyayev.

Shuningdek bug‘doyda uchraydigan zang kasalliklari, ularning navdorligiga ta’siri, amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan seminar qatnashchilariga ma’lumotlar berib o‘tildi.

Seminar ishtirokchilari institutning “Dala ekinlari genetik resurslari” bo‘limida tashkil etilgan zang kasalligi bilan sun’iy kasallantirish maydonchasida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqotlar bilan ham yaqindan tanishdi.

Прокрутить вверх