
O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti Turkiyaning Dala ekinlari Markaziy hamda Egey qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutlari Milliy genbanklari bilan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
Shu kunlarda Milliy markaz tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining 11 kishidan tarkib topgan olimlari delegatsiyasi Turkiyaning Dala ekinlari Markaziy hamda Egey qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutlari Milliy genbanklarida qisqa muddatli malaka oshirish kursida qatnashmoqdalar.
Malaka oshirishda Turkiya davlatida o‘simliklar genetik resurslarini kafolatli saqlash, ulardan oqilona foydalanish, Genbankni boshqarish tizimi hamda markazlashgan nazorati, o‘simliklar introduksiyasi va karantini, dala sinovlari, urug‘lar tahlillarining zamonaviy uslublari o‘zlashtirilmoqda.


Tashrif davomida har ikkala institut bilan o‘zaro yaqindan ilmiy hamorlikni kuchaytirish, fundamental, amaliy va innovasion tadqiqotlar olib borish borasida kelishuvlarga erishildi.


