
Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishda faollik ko‘rsatishmoqda.
Jumladan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining Moyli va tolali ekinlar ilmiy tajriba stansiyasi jamoasi ham «Yashil makon» umummilliy loyihasida faol ishtirok etmoqda.
Olimlar jamoasi dala va binolar atrofiga jami 10 000 dona manzarali, mevali ekinlar va uzum ko‘chatlari ekishni rejalashtirishgan. Bugungacha stansiya xodimlari tomonidan 5 ming tupdan ziyod ko‘chat ekildi. Ayni paytda ham ko‘chat ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

